
Uilsher Angliya tashqarisida o‘ynamoqchi
Yaqinda “Vest Xem” bilan shartnomasini bekor qilgan yarim himoyachisi Jek Uilsher faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirmoqchiligini aytdi.
“Nimadir yangilikka qo‘l urish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Balki Italiya yoki Ispaniyada o‘ynarman. Bu borada bir qarorga kelishim uchun 1-2 hafta vaqt kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatda shoshilib bo‘lmaydi. O‘zingizga mos keladigan taklifga ishonch hosil qilishingiz kerak”, - deydi angliyalik futbolchi.
Uilsher “Vest Xem” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan ikki yil mobaynida bor yo‘g‘i 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar