
“UFC Vegas 35” turnirining barcha natijalari bilan tanishing!
Giga Chikadze - Edsona Barboza – 3-raundda Chikadze texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Bugun, AQShning Las-Vegas shahri “UFC Vegas 35” turniriga mezbonlik qildi. Mazkur turnirning asosiy jangida oktagonga ko‘tarilgan gruziyalik Giga Chikadze braziliyalik Edson Barbozani 3-raundda texnik nokautga uchratdi.
Quyida, barcha natijlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Brayan Batl -Gilbert Urbina – 2-raundda Batl bo‘g‘ish uslubi bilan zafar quchdi.
Riki Tursios - Bredi Xistend – hakamlarning alohida qaroriga ko‘ra (29-28, 28-29, 29-28) Tursios holib chiqdi
Daniel Rodriges - Kevin Li – hakamlarning yakdil qaroriga muvofiq (29-28, 29-28, 29-28) Rodriges g‘alaba qozondi
Andre Petroski - Maykl Gillmor – Petroski – 3 –raundda Petroski texnik nokaut bilan zafar quchdi
Jerald Meershart - Mahmud Muradov – 2-raundda Meershart bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘alaba qozondi
Abdul Razak Alxassan - Alessio Di Kiriko – 1-raundda Alxasan nokaut bilan g‘olib chiqdi
Vellington Turman - Sem Alvi – Turman hakamlarning alohida qaroriga ko‘ra (27-28, 28-27, 28-27) g‘alabaga erishdi
Dastin Jeykob - Darren Styuart – 1-raundda Jeykob texnik nokaut bilan zafar quchdi
Jey Jey Oldrich - Vanessa Demopulos – Oldrich hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (30-27, 30-27, 30-27) g‘alaba qozondi
Pet Sabatini - Jamall Emmers – Sabatini 1-raundda og‘ritish uslubi bilan zafar quchdi
Mana Martines - Gvido Kannetti – Martines hakamdarning alohidagi qarori bilan (29-28, 28-29, 29-28) g‘olib chiqdi
Fikrlar