
UFC prezidenti: Makgregor Nurmagomedov yoki Porening o‘rniga chiqishi mumkin
Shu yilning 7 sentyabr kuni Abu-Dabida UFC turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangida Nurmagomedov va Pore qarama-qarshilik qiladi. UFC prezidenti Dana Uayt ushbu jangchilarning birortasi o‘rniga Makgregor oktagonga ko‘tarilishi mumkinligini yashirib o‘tirmadi.
"Biz Makgregor bilan o‘tgan haftada ko‘rishgandik. U UFCga qaytishni istayapti va voqealar rivojini kuzatmoqda, sentyabrda nima bo‘lishini kutmoqda.
Sentyabrda Nurmagomedov va Pore uchrashishini yaxshi bilasiz. Shu bilan birga, bizning biznesimiz qanday bo‘lishini ham bilasiz.
Balki barchasi ko‘ngildagidek kechar. Shuning uchun Konor o‘z navbatini kutmoqda. Unda kimnidur almashtirish imkoni bo‘lishini kutmoqda," - dedi Uayt.
Fikrlar