
UFC bilan shartnoma imzolashga yaqin o‘zbek jangchisi Jon Jons menejeri bilan hamkorlik qiladi
Yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan erkin kurashchilaridan biri Bekzod Abdurahmonov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Avvalgi intervyularimizda Bekzod Olimpiadadan keyin faoliyatini MMAda davom ettirishi haqida ham aytib o‘tgan edi.
U Tokio Olimpiadasidan keyin UFC promoushenida faoliyat olib borishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Biz bunga oydinlik kiritish maqsadida sportchimiz bilan bog‘landik.
Toki Olimpiadasidan keyin UFCda faoliyat olib borar ekansiz?
-Ha, shunday niyatimiz bor.
- Lekin bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Taklif bormi?
- Albatta, taklif bor. Lekin UFC katta va nufuzli promoushen. Unda birdaniga jang o‘tkazib ketish juda qiyin. Men MMAda anchadan beri jang o‘tkazmadim. Shuning uchun dastlab bir-ikkita jangni boshqa oddiyroq promoushenda o‘tkazish niyatidaman.
- UFC bilan o‘rtadagi vositachi ya’ni, menejeringiz kim? Har holda jiddiy mutaxassisga o‘xshaydi. Chunki, UFC promousheniga tavsiya qilishni o‘zi bo‘lmaydi?
- Ha, Malki Kava bilan hamkorlik qilmoqdaman. U MMA olamida o‘z nomiga ega bo‘lgan inson. Jon Jons, Xorxe Masvidal, Entoni Pettis kabi UFC yulduzlari ham uning mijozi hisoblanadi.
- Engil vaznda (66-70 kg) faoliyat yuritmoqchimisiz?
- Ehtimol, o‘sha kunlar kelaversinchi, hozirda bor e’tiborimni Olimpiadaga qaratganman.
- Rahmat. Tokioda ham ajoyib ishtirok bilan butun xalqimizni xursand qilishingizga tilakdoshmiz.
- Minnatdorman va bunga harakat qilaman.
Ma’lumot uchun, Bekzod Abdurahmonov MMAda ham 7 ta jang o‘tkazib ulgurgan va barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar