
"UFC 299" turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing!
AQSh ning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC 299" turnirida quyidagi natijalar qayd etildi:
Shon O'Melli hakamlarning yakdil qarori bilan Marlon Verani mag‘lub etdi(50-45, 50-45, 50-44);
2 raundda Dastin Pore Benua Sen-Denini nokautga uchratdi;
Maykl Peyj hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Kevin Xollandni mag‘lub etdi (29-28, 29-28. 29-28);
Jek Della Maddalena 3 raundda Gilbert Berns ustidan nokaut evaziga g‘alaba qozondi;
Pyotr Yan ochkolar bo‘yicha Song Yadongdan ustun keldi(29-28, 29-28, 29-28);
Kyortis Bleydes 2 raundda Jaylton Almeydani texnik nokaut bilan mag‘lub etdi;
Meysi Barber hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Ketlin Chukagyan ustidan zafar quchdi(30-27, 30-27, 29-28);
Mateush Gamrot ochkolar bo‘yicha Rafael Dos Anosni mag‘lub etdi (29-28, 29-28, 30-27);
Kayler Fillips hakamlarning yakdil qaror bilan Pedro Munsadan ustun keldi(30-27, 30-27, 30-27);
Filip Lins ochkolar bo‘yicha Kutselaba ustidan g‘alaba qozondi (29-28, 29-28, 29-28);
Michel Pereyra 1 raundda Mixal Oleksiychukni bo‘g‘ib qo‘ydi;
Robelis Despane 1 raundda Josh Parisyanni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi;
Asu Almabaev Karlos Vergardan hakamlarning yakdil qarori evaziga ustun keldi (30-27, 30-27, 30-27);
Joana Kaldervud Marin Morozni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi (28-29, 29-28, 29-28);
Fikrlar