
UFC 295 turniri rasmiy posteri e’lon qilindi (foto)
Shu yilning 12 noyabrga o‘tar kechasi Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 295 turnirining rasmiy posteri e’lon qilindi.
Mazkur kechaning asosiy jangida og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons va sobiq chempion, amaldagi asosiy da’vogar Stipe Miochich oktagonga chiqadi.
Turnirning "co-main event"ida yarim og‘ir vazn toifasi chempionlik jangi Irji Proxazka hamda Aleks Pereyra o‘rtasida kechadi.
Fikrlar