
"Ufa" bosh murabbiyi: O‘runov bilan gaplashib olishim kerak
"Ufa" bosh murabbiyi Rashid Rahimov Rossiya Premer-ligasi 20-turi doirasida "Ximki" jamoasidan uchralgan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng hamyurtimiz Oston O‘runovning o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Oston - individual jihatdan kuchli futbolchi. U hali bizning o‘yin uslubimizni tushunmayapti. O‘runov bugun jamoa uchun emas, o‘zi uchun harakat qildi va bu mutlaqo normal holat.
U bilan gaplashib olishimiz zarur. Agar, u 90 daqiqa davomida o‘z vazifasini yaxshi bajarsa, maydonga tushadi", - dedi Rahimov.
Fikrlar