
Uels terma jamoasi bo‘lajak o‘yinlarda etakchi futbolchisining xizmatidan foydalana olmaydi
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi Angliyaga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvida Uels terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, “Yuventus”ning ikki a’zosida koronavirus aniqlangach, Remzi ham karantinga olingan. Hozircha uning UEFA Millatlar ligasi doirasidan o‘rin olgan Irlandiya va Bolgariya terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etishi ham so‘roq ostida turibdi.
Angliya – Uels uchrashuvi 8 oktyabr kuni “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar