
UEFAdagi rossiyaliklar chetlatilmaydi!
Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukov Rossiya futboliga qarshi sanktsiyalarga qaramay, UEFA Ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatidagi lavozimini saqlab qolishini ma’lum qildi.
“Chetlatishlar UEFA Ijroiya qo‘mitasi va UEFA ekspert guruhlarida faoliyat yuritadigan rossiyalik amaldorlarga ta’sir qilmaydi”, — deyiladi tashkilot matbuot xizmati izohida.
Eslatib o‘tamiz, UEFA Rossiyaning barcha jamoa va klublariga nisbatan sanktsiyalar joriy etib, ularni xalqaro musobaqalardan chetlatdi.
Fikrlar