
UEFA Chempionlar ligasi saralashining 3-raundiga qur’a tashlandi
Bugun UEFA Chempionlar ligasining 3-saralash raundiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, jamoalar quyidagi juftliklarda kurashni davom ettiradigan bo‘ldi:
Chempionlar yo‘li
"Makkabi" (Xayfa, Isroil)/"Olimpiakos" (Gretsiya) - "Apollon" (Kipr)
"Qorabog‘" (Ozarbayjon)/"Tsyurix" (Shveytsariya) - "Ferentsvarosh" (Vengriya)/"Slovan" (Slovakiya)
"Ludogorets" (Bolgariya)/"Shemrok Rovers" (Irlandiya) - "Dinamo" (Zagreb, Xorvatiya)/"Shkupi" (Shimoliy Makedoniya)
"Maribor" (Sloveniya)/"Sherif" (Moldova) - XIK (Finlyandiya)/"Viktoriya Plzen" (Chexiya)
"Linfild" (Severnaya Irlandiya)/"Bude-Glimt" (Norvegiya) - "Jalgiris" (Litva)/"Malme" (Shvetsiya)
"Tsrvena Zvezda" (Serbiya) - "Pyunik" (Armaniston)/"Dyudelanj" (Lyuksemburg)
Liga vakillarining yo‘li
"Monako" (Frantsiya) - PSV (Niderlandiya)
"Dinamo" (Kiev, Ukraina)/"Fenerbaxche" (Turkiya) - "Shturm" (Avstriya)
"Yunion" (Belgiya) - "Reyndjers" (Shotlandiya)
"Benfika" (Portugaliya) - "Midt’yulland" (Daniya)/AEK (Kipr).
“Ligal vakillarining yo‘lida” o‘ynaydigan “Monako” – PSV juftligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Bundan tashqari, Kievning “Dinamo”si “Fenerbaxche” ustidan g‘alaba qozongan taqdirda, “Shturm” bilan o‘ynaydi.
Fikrlar