
Uch futbolchi ketishdan bosh tortyapti
“Atletiko” rahbariyati tarkibni tartibga solish maqsadida bir necha futbolchilar bilan xayrlashishga harakat qilmoqda.
Ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilardan uch nafari Madridda qolish istagini bildirdi.
Mashhur hujumchi Alvaro Moratani A Seriyada kutishyapti. “Yuventus” va “Roma” ispan hujumchisini o‘z safida ko‘rmoqchi. 30 yoshli forvard “Atletiko”da o‘zini yaxshiis qilayotgani va boshqa jamoaga o‘tish echim emasligini ta’kidlagan.
23 yoshli hujumkor futbolchi Samuel Lino esa, mavsumoldi yig‘inlarida o‘zini ko‘rsatib, Diego Simeonening ishonchini qozonmoqchi ekanini ta’kidlayapti.
Klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan yosh yarim himochi Pablo Barrios ham kelajagini “Atletiko” bilan bog‘lash ilinjida jamoa qolmoqchi.
Fikrlar