U Ronalduni mensimadi!

  • 16 mart, 2022, 11:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Antonio Kassano jahon fubolida eng ko‘p urish bo‘yicha rekord o‘rnatgan Krishtianu Ronalduning zo‘rligini tan olmadi.

Tecno

- Ronaldu faoliyati davomida 807 gol urgani uchun uning oldida plyapamni echaman. Lekin Krishtianu dunyoning eng zo‘r futbolchilari qatorida emas. Menmi? O‘zim ham u ro‘yxatda yo‘qman. Ronaldu xuddi Indzagi va Trezege kabi o‘yinchi. Ular ajoyib o‘yinchilar edi, biroq ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, chiroyli futbol o‘ynash umuman boshqa narsa. Mana Zidan va Inesta jahon futbol tarixiga kirgan eng aqlli futbolchilardir, - dedi Antonio Kassano.

Krishtianu Ronaldu 2021 yilning avgustidan beri “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda portugaliyalik hujumchi barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 18 ta to‘p kiritib, uchta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!