U “Manchester Yunayted”ni tanlab xato qildi

  • 19 noyabr, 2021, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya”dagi o‘yinlari bilan Evropaning grand klublari e’tiboriga tushgan Jeydon Sancho yozgi  transferlar vaqtida “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. Shundan so‘ng, hujumkor futbolchining  o‘yinida keskin pasayish yuz berdi va u maydonda o‘zini ko‘rsata olmay qoldi.

Tecno

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jonatan Vudgeyt nega yosh futbolchi Manchester klubida muammoga duch kelgani sababini ochiqlab berdi.

- Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tganidan keyin ishlari o‘zi rejalashtirganidek ketmayapti. Men buni jamoaning o‘yin uslubi Sanchoga to‘g‘ri kelmayotgani bilan izohlayman. Agar Sulsher shogirdlari Dortmund klubidek o‘ynaganida hammasi boshqacha bo‘lardi. Biroq, manchesterliklar Sanchoga begona uslubda to‘p tepmoqda.

Jeydon – ajoyib iste’dod sohibi. Agar uning kuchli taraflaridan foydalan olsangiz, nimalarga qodirligini ko‘rasiz. U yana porlay boshlashiga ishonaman. Agar uni “Liverpul” tarkibiga qo‘shib qo‘ysangiz, umuman boshqa futbolchiga aylanadi, - dedi Jonatan Vudgeyt.

“Manchester Yunayted” Jeydon Sancho transferi bo‘yicha dortmundliklar bilan uzoq muddat muzokara olib bordi va yozda 73 million funt evaziga iste’dodli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!