
U-23 Osiyo chempionatining barcha ishtirokchilari aniqlandi
Kelasi yili Taylandda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatining barcha ishtirokchilari aniqlandi.
Quyidagi terma jamoalar o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Tokio-2020 olimpiadasiga litsenziya beradigan Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi:Qatar, O‘zbekiston, Bahrayn, Iroq, BAA, Iordaniya, KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Vetnam. Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Eron, Suriya terma jamoalari guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va eng yaxshi natija qayd etgan terma jamoa sifatida yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.Tayland musobaqa mezboni sifatida Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Osiyo chempionati kelasi yilning 8-26 yanvar kunlari Taylandda bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqaga qachon qur’a tashlanishi OFK tomonidan alohida e’lon qilinadi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqaning amaldagi chempioni sifatida qur’ada birinchi savatchadan joy oladi.
Fikrlar