Tyago Silva mavsum yakunlangach Braziliya klubi futbolchisiga aylanadi (foto)

CHERY AUTO

"Chelsi" himoyachisi Tyago Silva faoliyatini Braziliyada davom ettiradi. U "Fluminense" jamoasi bilan shartnoma imzoladi, bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, u braziliyaliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Tyago mavsum yakunida o‘z yurtiga ko‘chib o‘tadi. Ayni shu jamoa safida afsonaviy himoyachi o‘zining faoliyatini boshlagandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Silva London klubi bilan yozda xayrlashishini e’lon qilgandi. Sentyabr oyida u 40 yoshni qarshi oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!