Tuxel PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi

  • 24 mart, 2019, 18:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda Téléfoot nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2021 yilga qadar imzolanadi. Bundan tashqari, nemis mutaxassisining Parijdagi maoshi ham oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Tuxel PSJni 2018 yilning bahoridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida parijliklar Chempionlar ligasi va Frantsiya kubogida 1/8 finalda o‘z yurishini to‘xtatdi. Biroq, Frantsiya chempionatida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!