
Tuxel Neymarni MYuga qarshi maydonga tushiradimi?
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub yulduzi Neymarning jismoniy holati haqida gapirdi:
"U bilan hech qanday muammo yo‘q. Biz Neymar va Mbappe bilan suhbatlashib oldik. Bu suhbat natijasida unga dam olish imkoniyatini berishga qaror qildim. U ertaga mashg‘ulotlarga qaytadi. Neymar MYuga qarshi o‘yingacha tayyor bo‘ladi. O‘sha kuni uni maydonda ko‘rasiz".
Braziliyalik futbolchi bu mavsum Frantsiya chempionatining 4 uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Parijliklar 20 oktyabr kuni MYuga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar