Tuxel MYudan uchralgan mag‘lubiyatni qanday izohladi?

  • 7 mart, 2019, 13:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel kecha “Manchester Yunayted”dan qabul qilib olingan sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra parijliklar musobaqani tark etishdi.

“Biz birinchi bo‘limda raqibga 2ta golni sovg‘a qildik, garchi o‘yin tizginini to‘liq nazoratimiz ostida ushlagan bo‘lsakda. Bizda gol urish uchun raqibga nisbatan ko‘proq vaziyatlar bo‘ldi, ammo ikkinchi golni aynan ular urishdi. Bu umuman bema’ni natija. Bu o‘yin menga “Gengam”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Liga kubogi uchrashuvini yodga solib yubormoqda.

MYu bu erga g‘alaba uchun kelganini sezmadim, ammo ular buni uddalay olishdi. Ularni tabriklayman. Penaltiga kelsak, menga to‘p darvoza tomon yo‘naltirilmaganini ko‘rsatishdi, demak bu vaziyatda penalti belgilashga asos yo‘q edi. Bu boradagi qoidaga aniqlik kiritish kerak”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!