Tuxel “Chelsi”ga futbolchi tanladi

  • 22 mart, 2021, 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning og‘riqli nuqtasi – himoya markazini mustahkamlash uchun bosh murabbiy Tomas Tuxel uch nafar futbolchining nomini e’lon qildi. Londonliklar yozda shulardan birini jamoaga olib kelishi kerak bo‘ladi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida “Chelsi” to‘qqizta g‘alaba va to‘rtta durangga erishdi. Bu bahslarda atigi ikkita gol o‘tkazdi. Ilgari hech bir murabbiy bunaqa natija qayd eta olmagan. Shu bois, klub rahbariyati Tuxelning tanloviga hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda.

Tomas Tuxel klub xo‘jayinlaridan yozgi transferlarda “Bavariya”dan Niklas Zyule, “Leyptsig”dan Ibraim Konate va “Atletiko”dan Xose Ximenesni olish kerakligini so‘ramoqda.

Bular orasida Ximenesning transferi haqiqatga yaqinroq. “Atletiko” 2018 yilda urugvaylik himoyachini 100 million evroga “Manchester Siti”ga sotmagan edi. Biroq, hozirgi paytda Ximenes jarohatlar tufayli ideal formasini tiklay olmayapti va muhitni o‘zgartirishga qaror qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!