
Tuxel "Chelsi" uchun o‘ynashdan bosh tortgan futbolchi haqida gapirdi
Tomas Tuxel "Chelsi" futbolchisi Kristensenning holati haqida ma’lumot berdi.
"Andreasga kelsak, (himoyachi "Barselona"ga o‘tish arafasida) men u payshanba kuni yoki hatto dam olish kunlarida maydonga tushishini aniq bilmayman. Kristensen Angliya kubogi finaliga yaqin oldimga kelib, o‘yinga tayyor emasligini aytdi. Uning o‘z sabablari bor edi. Ular maxfiy va shundayligicha qoladi. Bu holat birinchi marta sodir bo‘lmadi.
Ushbu vaziyat kubok finali va hatto o‘tgan haftalarda bo‘lb o‘tgan boshqa uchrashuvlar oldidan ham kuzatildi. Biz hamon unga ishonamiz, lekin u "Lester"ga qarshi bellashuvda maydonga tushishi so‘roq ostida", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar