
Tuxel Angliya terma jamoasida hali hech qaysi murabbiy qayd etmagan natijaga erishdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiy Tomas Tuxel "uch sherlar" tarixida birinchi bo‘lib ushbu lavozimdagi dastlabki besh o‘yinda birorta ham gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozondi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida Opta statistik portali xabar bermoqda.
52 yoshli Tuxel Angliya terma jamoasidagi faoliyatini 2025 yilning yanvarida boshlagan. Uning qo‘l ostida jamoa 2026-yilgi Jahon chempionati Evropa saralashida beshta o‘yin o‘tkazib, Albaniya, Latviya, Serbiya va ikki marta Andorra bilan o‘ynadi. Ushbu uchrashuvlardagi umumiy hisob 13:0.
Eslatib o‘tamiz, Tuxel Angliya terma jamoasini 2025 yilning 10 iyun kuni Senegalga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ham boshqargan. O‘shanda inglizlar 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar