
"Turon"da yana bir yangilik!
Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston tumanining Qulibek MFY hududida barpo etilayotgan “Turon” professional futbol klubining Yoshlar futbol akademiyasining qurilish ishlari hamda rejalari bilan tanishdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
“6 mlrd. so‘m qiymatidagi ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 nafardan ziyod futbolga ishtiyoqi yuqori bo‘lgan tuman yoshlari o‘z mahorat va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishadi. 2021 yilda boshlangan qurilish ishlari joriy yilda yakuniga etkazilishi ko‘zda tutilgan”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Turon” yangi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadi.
Fikrlar