"Turon" yozgi transferda 8 nafar futbolchini xarid qildi va ularga raqamlari topshirildi

  • 29 iyul, 2021, 22:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi selektsiya ishlarida ancha faollik ko‘rsatgan “Turon” klubi bugun yangi taklif etilgan futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi.

Tecno

Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, PFL rasmiy saytida “Turon” yana ikki nafar o‘yinchi bilan shartnoma imzolaganligi xabar qilindi.

Unga ko‘ra, kutilganidek, AGMKga tegishli bo‘lgan darvozabon Nizomiddin Ziyovutdinov bilan mavsum oxiriga qadar kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, “Metallurg” jamoasidan hujumkor futbolchi Ixtiyor Toshpo‘latov ham 2021 yil oxirigacha “Turon” sharafini himoya qiladi.

Bugun “O‘zbekiston” o‘yingohida yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi tashkil etildi.

turon1_2

Yozgi transfer paytida “Turon” klubiga qo‘shilgan futbolchilarga o‘z raqamlari topshirildi.

Darvozabon: Nizomiddin Ziyovutdinov – 1.

Himoyachi: Sunnatilla Abdullajonov – 7.

Himoyachi: Firdavs Chakalov – 20.

Yarim himoyachi: Sardor Abduraimov – 6.

Yarim himoyachi: Ixtiyor Toshpo‘latov – 10.

Yarim himoyachi: Doniyor Ismoilov – 14.  

Hujumchi: Humoyun Murtazoev – 9.

Hujumchi: Otabek Zokirov – 23.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!