"Turon" Yaypanda ikkita "vodiy derbisi" doirasida maydonga tushadi

  • 8 yanvar, 2023, 17:59
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi "Turon" jamoasi vakillari 4 yanvar kunidan Yaypan shahrida Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik jarayonining ikkinchi qismiga kirishdi.

Tecno

25 yanvar sanasiga qadar davom etadigan mazkur o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomida 2 ta nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Namanganning "Navbahor-farm" va Qo‘qon shahrining "Qo‘qon-1912" klublari bilan o‘rtoqlik maqomidagi o‘yinlar tashkil etiladi.

Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonining uchinchi qismi Turkiya davlatining Antalya shahrida tashkil etiladi. Mazkur yig‘in sanalari 27 yanvardan 10 fevralga qadar etib belgilangan.

 

Manba: "Turon" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
08/01/2023 18:46
Бу макълумотни мастликда ёздиларингми хеч нарсани тушуниб булмади ёки мен мастманми