"Turon" xorijlik yangi bosh murabbiyi va uning yordamchisini e’lon qildi (foto)

  • 18 aprel, 2023, 21:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Turon" klubi qarorgohida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamoa rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda xorijlik mutaxassis Denis Bushuev jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Tecno

Denis Dmitrievich Bushuev Germaniya davlati fuqarosi, UEFA PRO litsenziyasiga ega. Mutaxassis bugunga qadar Rossiyaning “FK Veles“ (Moskva), «Lenigrades» (Sank Peterburg), Germaniyaning «Myunxen 1860» klublarida murabbiylik faoliyatini olib borgan. 2018-2019 yillarda Rossiya U-17 terma jamoasi murabbiyi lavozimida ishlagan.

bushuev

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda Gennadiy Bondaruk klubimiz tizimida ish boshlagani ham ma’lum qilindi. Rossiyalik mutaxassis yangi bosh murabbiy Denis Bushuevga yaqindan yordam beradi.

Gennadiy Mixaylovich Bondaruk murabbiylik faoliyati davomida Rossiyaning «Jemchujina» (Sochi), «Dinamo» (Barnaul), «Leningrades» (Sank Peterburg), «Veles» (Moskva) kabi klublarda ishlagan.

"Turon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нор Носиров
18/04/2023 22:40
Турон энди кучаяди яхши мутахасисга ухшайди