"Turon" ikki legionerimiz o‘ynayotgan mashhur klubga qarshi maydonga tushadi

  • 13 iyul, 2023, 11:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Turon" yozgi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida Rossiyaning “Rubin” klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Tecno

Yorqin Nazarov bosh murabbiyligidagi jamoa ayni kunlarda Yaypan shahrida tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Mazkur tayyorgarlik doirasida yaypanliklar safida bir qator yangi futbolchilar ham ko‘rikdan o‘tyapti.

Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, yozgi o‘quv-yig‘in rejasi doirasida 16 iyul sanasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi. Shu kuni vakillarimiz Rossiyaning Qozon shahrida nomdor “Rubin” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!