Turkiyada yana katta janjal! Bu safar "Trabzonspor" muxlislari va "Fenerbaxche" futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

  • 18 mart, 2024, 05:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining 30-turi doirasida "Trabzonspor" o‘z maydonida "Fenerbaxche"ni qabul qildi va 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Tecno

Ammo ma’lum bo‘lishicha, final hushtagi yangraganidan so‘ng maydonda mezbon muxlislar hamda mehmon futbolchilar o‘rtasida yirik mushtlashuv sodir bo‘lgan. G‘alabani nishonlayotgan "Fener" futbolchilari maydon egalariga ma’qul kelmagan va ularni tomoshabinlar burchak bayrog‘i bilan savalashga tushib ketishgan. 

Vaziyatga istanbulliklar legioneri Fred ham aralashgan va u ishqibozlar bilan mushtlashgan. So‘ng mehmonlar xavfsizlik xodimlari va politsiya vakillari yordamida maydonni tark etishgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!