Turkiya terma jamoasi a’zosi APL klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 4 iyun, 2019, 12:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Istanbulning “Fenerbaxche” klubi sardori Xasan Kaldirim faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

BBC tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli Turkiya terma jamoasi himoyachisiga Londonning “Vest Xem” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Futbolchining o‘zi ham APLga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Kaldirim o‘tgan mavsum Turkiya Superligasida jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan, tovon puli esa 5 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!