
Turkiya Superligasi. "Rizespor" safarda durangga imzo chekdi, Aliqulov Osiyo kubogi oldidan jarohat oldi
Turkiya Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "Qosimposho" – "Rizespor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Mezbonlar safida gollarga Hayradinovich va da Koshta mualliflik qildi. Mehmonlarning ikki goli ham Gayich tomonidan kiritildi.
"Rizespor" safida Husniddin Aliqulov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 35-daqiqada jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Yanvarda boshlanadigan Osiyo kubogi oldidan uning tezroq tuzalib, safga qaytishiga umid qilib qolamiz.
Ma’lumot uchun, legionerimz jamoasi ayni vaqtda "Rizespor" turnir jadvalida 26 ochko bilan 7-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar