Turkiya Superligasi. Bugun "Rizespor" - "Istanbul Bashakshehir" uchrashuvi bor!
Bugun Turkiya Superligasi doirasidagi qoldirilgan 3-tur bellashuvi bo‘lib o‘tadi.
Husniddin Aliqulov harakat qilayotgan "Rizespor" o‘z uyida "Istanbul Bashakshehir"ni qabul qiladi. Bellashuv 22:00da start oladi.
Aliqulov kechagi mashg‘ulotlarda qatnashgan va bugun maydonga tushishi mumkin. Abbos Fayzullaev hali jarohatdan qaytgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, "Rizespor" - "Istanbul Bashakshehir" bahsi bugun tungi soat 22:00da start oladi.



Fikrlar