Tszyuy Ventszyun - zamonaviy shaxmat qirolichasi!
Shaxmat olamining eng yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan Tszyuy Venzyun zamonaviy sport tarixida o‘zining mustahkam o‘rniga ega. U o‘zining dono yurishlari, sabr-toqati va aql-zakovati bilan nafaqat Xitoyni, balki butun dunyoni lol qoldirib kelmoqda.
Tszyuy 1991 yil 31 yanvarda Xitoyning Shanxay shahrida tug‘ilgan. Uning shaxmatga bo‘lgan muhabbati atigi 7 yoshida boshlangan. Dastlab bu oddiy qiziqish edi, ammo oradan yillar o‘tib, bu qiziqish uni jahon chempionligigacha olib chiqdi.
2004 yil Osiyo ayollar chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan Venzyun xalqaro e’tiborni torta boshladi. 2009 yilda ayollar grossmeysteri (WGM) unvonini oldi, 2014 yilda esa butunlay erkaklar bilan tenglashgan daraja — umumiy grossmeyster (GM) unvonini qo‘lga kiritdi. Bu juda kam ayol shaxmatchilarga nasib etadigan yutuqdir.
2018 yilda u Tan Tsongyini mag‘lub etib, ayollar o‘rtasidagi jahon chempioniga aylandi. Bu unvonni u 2018, 2020, 2023 va 2025-yillarda muvaffaqiyatli himoya qildi. 2025 yilda yana Tan Zhongyiga qarshi bahsda g‘alaba qozonib, o‘zining shonli nomini mustahkamladi.
34 yoshli sportchi 2017 yil mart oyida FIDE reytingida 2600 ballik marrani bosib o‘tgan beshinchi ayol shaxmatchi bo‘ldi. Bu yutuq uni shaxmat tarixidagi eng kuchli ayollardan biriga aylantirdi.
2015 yilda Shanxay Moliya va Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan Tszyuy hozirda Shanxay shahrida yashaydi. U Xitoy Shaxmat Ligasi doirasida o‘z shahrining klubini himoya qiladi. 2026 yilda u yana jahon chempionligini himoya qilish niyatida.
Tszyuy Venzyun nafaqat ajoyib shaxmatchi, balki o‘z avlodiga ilhom bag‘ishlovchi ayol timsolidir. Uning har bir yurishi, har bir g‘alabasi ortida kuchli iroda, intellekt va yuksak maqsadlar bor. Shaxmat olamida Tszyuy Venzyun nomi hali uzoq yillar davomida porlaydi.
Xolboeva Noila



Fikrlar