
Triatlon. Osiyo kubogining professionallar o‘rtasidagi bahslarida kuchlilar aniqlandi
Samarqand mezbonlik qilayotgan triatlon bo‘yicha Osiyo kubogida professional atletlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, sportchilar 15 daraja iliq bo‘lgan havo haroratida ochiq havzada 1,5 kmga suzish, 40 kmga velopoyga va 10 kmga yugurish dasturlarida bellashishdi. Murosasiz bahslarda terma jamoamizning 5 nafar vakili ishtirok etdi. Biroq yurtdoshlarimiz shohsupaga ko‘tarila olishmadi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
Erkaklar:
1. David del Kampo (Ispaniya) – 1:45:40
2. Feliks Duxampt (Ruminiya) – 1:45:48
3. Gregor Pae (Lyuksemburg) – 1:46:23
Ayollar:
1. Xiska Tous (Xalqaro triatlon federatsiyasi) – 1:58:27
2. Sinyu Lin (Xitoy) – 1:58:32
3. Noemi Sarszegi (Vengriya) – 1:59:06
Fikrlar