Trebl sari yana bir qadam: PSJ Frantsiya kubogini yutdi

  • 25 may, 02:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya kubogining final bosqichida PSJ va "Reyms" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Mazkur uchrashuvda Luis Enrike shogirdlari yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Uchrashuvning 16 va 19-daqiqalarida parijliklar a’zosi Barkola raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Hakimi gol urib, hisobni yiriklashtirdi. Shu tariqa, PSJ ushbu turnirda 16-marta g‘olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, agar klub Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ni mag‘lub etsa, mavsumni trebl bilan yakunlaydi. Mazkur bahs 31 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!