Transferlar bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi!

  • 2 yanvar, 2022, 21:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa qishki transferlarni ijobiy yakunlagan taqdirda ham bu premer-ligada kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun etarli bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

Tecno

Qishki transfer oynasi ochildi va Konte klub prezidenti Daniel Levi va sport direktori Fabio Paratichi bilan  tarkibni kuchaytirish borasida maslahatlashiba yo‘llanma beradigan o‘rinlarga suqulib kirish uchun o‘sha o‘rinlardagi jamoalardan biri inqirozga yuz tutishi kerak bo‘ladi.

- Hozir premer-ligada to‘rtta katta klub bor. Yana to‘rtta jamoa investitsiyalar yordamida ularga yaqinlashishga harakat qilyapti. Lekin buni faqat transferlar va sarmoya orqali hal qilishning imkoni yo‘q. Faqat pul bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik mendan Chempionlar ligasiga tushish imkoniyati haqida so‘rayapti. Rostini aytaman, bizni juda katta mashaqqatli mehnat kutib turibdi, shuning uchun ham bizga vaqt va sabr-toqat kerak bo‘ladi, - dedi Antonio Konte.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!