
Totti mashhur hujumchining agentiga aylanishi mumkin
"Roma" klubi va Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Franchesko Totti "Napoli" forvardi Lorentso Insinening agenti bo‘lishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Insine taniqli agent Mino Rayola bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi. Totti esa shaxsiy skautlik kompaniyasini ochdi va shu bois u Insinega yangi agent bo‘lishi mumkin. U o‘z instagramida hatto, futbolchi bilan kelishuvga erishgani haqida ham hazil aralash xabar qoldirdi.
Totti butun faoliyatini “Roma”da (1989-2017) o‘tkazgan.
Fikrlar