
"Tottenxem" yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
Portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylandi.
London klubi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 47 yoshli murabbiy “shporlar” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Nununing so‘nggi ish joyi "Vulverxempton" klubi bo‘lgan edi. U ushbu jamoani 2017-2021 yillar davomida boshqarib keldi.
O‘tgan mavsum "Tottenxem" APLda 7-o‘rinni, "Vulverxempton" 13-o‘rinni egalladi. “Shporlar” yangi mavsumda UEFA Konferentsiyalar ligasida ishtirok etadi.
Fikrlar