"Tottenxem" va "Everton" Jenk Tosunni talashmoqda

  • 20 dekabr, 2017, 13:19
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning ikki klubi “Beshiktosh” klubi hujumchisiga ko‘z tikkan. Bu haqda Turkish-Football nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada yozilishicha, EChL guruh bosqichining eng chiroyli golini urgan “Beshiktosh” forvardi Jenk Tosun Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. 26 yoshlik o‘yinchiga APLning ikki jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ular orasida EChL pley-offga chiqqan “Tottenxem” ham bor.

Oldinroq Turkiya klubi Tosunni “Kristal Pelas”ga 15 million funtga sotishni istamagandi. Demak, “shporlar” va “Everton” 20-25 million funt taklif qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!