
"Tottenxem" Beylni sotib olishga tayyor
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl mavsumlar oralig‘ida yana "Tottenxem"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” bugun 30 yoshni qarshi olayotgan uelslik futbolchini 50-60 million evro evaziga sotib olishga tayyor. Bundan tashqari londonliklar unga “qirollik klubi”dagi kabi yiliga 17 mln evro maosh to‘lamoqchi emas, bunga ularning moliyaviy qurbi etmaydi. Agar Beyl “Tottenxem”ga qaytsa, ko‘pi bilan 8,5 mln evro maosh olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Beyl “Real”ning rejalariga kirmaydi va rahbariyat uni transferga qo‘ygan. Ammo, hozircha biror bir jamoa uni sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif yubormadi.
Ma’lumot uchun, Beylning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 60 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar