
"Tottenxem" "Bavariya"dan kelgan ilk taklifni rad qildi
"Bavariya" Xarri Keyn uchun ilk taklif bilan chiqqandi. Ammo "Tottenxem" uni rad qildi, deya xabar berdi "Sky Sports" nashri.
Myunxenliklar hujumchi uchun 70 million evro va qo‘shimcha bonuslar to‘lamoqchi edi. Hozircha "shporlar" bu taklifga rozi bo‘lmapti. Ular bu transferdan kamida 100 million funt ishlab olishni rejalashtirgan.
Mish-mishlarga ko‘ra, rahbariyat ham Keynni qo‘yib yuborishga tayyor, lekin "Tottenxem" APL klublari uni sotib olishini xohlamayapti.
Fikrlar