
Toshkentga tashrif buyurgan Frenk Mirdan o‘ziga xos iqtibos...
UFC ning og‘ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Frenk Mir Fyodor Emelyanenkoning misolida ko‘p chet ellik jangchilar AQShdagi faoliyati mobaynida qanday muammolarga duch kelishini tushuntirib o‘tdi.
"Men ACB va ACA promoushenlariga yordam berishga harakat qilyapman. Juda g‘alati, ushbu promoushenlarda jang qilayotgan bollardan ko‘pchiligi bir narsa haqida o‘ylashmaydi, ya’ni ... Ular mendan "Men UFC da natija ko‘rsata olamanmi deb so‘rashadi?".
Men ochiqchasiga javob beraman: "Eshitinglar yigitlar, sizlar UFC jangchilaridan kam joyingiz yo‘q. Agar ulardan ham zo‘r bo‘lmasalaring". Lekin bitta fakt bor sen ingliz tilida gapirayapsan biz esa sharq madaniyatiga e’tobirimizni qaratmoqdaiz, bundan kelib chiqadiki sen juda ko‘p bilet yoki PPV sotayapsan. Bunga barchasi kirib ketadi.
Janglar bu avvalo biznes! Odamlar jang bilan marketingni aralashtirib yuborishyapti. Agar, bu ikkalasi biriksa hayratlanarli natija beradi. Gohida mashhur jangchilar bo‘ladi lekin ularni marketing tomondan maqtana olmaydi. Masalan, Fyodor Emelyanenko, AQShning istalgan joyida bemalol yura oladi. Muxlislar tomonidan to‘xtatilmaydi. Chunki, u reklamaga, piarga e’tibor qaratmaydi.
Shunday jangchilar borki, u qadar mahoratga ega bo‘lmasada, bu tomonlama ko‘p ishlarni amalga oshirishadi. Aynan, kimlar ekanligini aytsam to‘g‘ri kelmaydi”- deya o‘z fikrini bildirgan, Toshkentda bo‘lib o‘tgan GFC 20 turnirida “Anatomy of a Fighter”bilan intervyu chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz: Frenk Mir Toshkentda bo‘lib o‘tgan GFC turniriga tashrif buyurgandi.
Fikrlar