Toshkentda xokkey bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi

CHERY AUTO

1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlab poytaxtimizda xokkey bo‘yicha “Tashkent Cup” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 2-5 iyun kunlari o‘tkaziladigan mazkur turnir bolalar o‘rtasida o‘tkazilib, unda Latviya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan tashrif buyuradigan jamoalar ishtirok etadi.

Tecno

Reglamentga ko‘ra, musobaqada “Binokor” va “Tashkent Siti” jamoalari yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Shuningdek, “Riga” (Latviya), “Kaysar” (Qozog‘iston) va “Alg‘a” (Qirg‘iziston) jamoalari ham bosh sovrin uchun kurash olib borishi belgilab qo‘yilgan.

Bahslarga “Xumo arena” mezbonliq qiladi va unga kirish bepul. Taqvimga ko‘ra, 2-4 iyun kunlari o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, 5 iyun sanasida barcha ishtirokchilar uchun Toshkent bo‘ylab madaniy dasturlar ishlab chiqilgan.

 

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!