Toshkentda sovrin jamg‘armasi 20 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda

CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda "Central chess club" tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 20 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Tecno

Musobaqada O‘rta Osiyo davlatlaridan tashqari Braziliya va Ispaniya davlati vakillari ham ishtirok etishayotgani, uning nufuzi yil sayin oshib borayotganidan darak berib turibdi.

Unda jami 14 davlatdan kelgan 200 dan ortiq shaxmatchilar dona surishmoqda. Musobaqa standart yo‘nalishida, 9 turdan iborat bo‘lib, shveytsarcha tizimda o‘tkazilmoqda.

Unda har bir ishtirokchiga 90 daqiqadan vaqt berilib, birinchi yurishdan boshlab, o‘yin oxiriga qadar xar bir yurish uchun 30 soniyadan qo‘shib boriladi.

Musobaqa 19 mart sanasiga qadar davom etadi. Yakunda g‘oliblar pul mukofotlari, diplom hamda kubok bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, musobaqaning har bir ishtirokchisiga ishtiroki uchun sertifikat hamda esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!