
Toshkent yana bir professional boks kechasiga mezbonlik qiladi
29 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamda SAFPRO promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi. "Universal" sport majmuasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan jang kechasida bir qator hamyurtlarimiz ringga ko‘tariladi.
Jumladan, markaziy to‘qnashuv WBC mintaqaviy (Sharqiy Evropa va Boltiqbo‘yi mamlakatlari) kamari uchun bo‘lib, unda yurtdoshimiz "BeFit" boks klubi a’zosi Islombek Pirmanov (2-0, 2 KO) ozarbayjonlik tajribali Rauf Agaev (31-7, 14 KO) bilan jang qiladi. Shuningdek, WBC Asia kamari sohibi Abduhamid Hakimov, Doston Turdiev, Behruz Rahmonov, Jo‘raboy Zokirov, Rustam Ergashev, Shukrullo Vohidov kabi charmqo‘lqop ustalari ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi.
Tez orada to‘liq juftliklarni ham e’tiboringizga havola etamiz. Voqealar rivojini kuzatib boring!
Fikrlar