
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!
Yurtimiz yana bir katta turnirga mezbonlik qiladi.
Gup shundaki, og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mazkur musobaqa joriy yilning 7-17 dekabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bu musobaqa shu yil aprel oyida Toshkentda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining onlayn Kongressiga Gruziyaga berilgan edi. Unda, oktyabr oyida o‘tishi belgilangan. Olimpiadadan keyin Gruziya musobaqani qabul qila olmasligi ma’lum bo‘ldi. Keyin O‘zbekiston varianti ko‘rib chiqildi.
Fikrlar