To‘rt nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi

  • 9 mart, 2019, 17:47
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Belarusning Gomel shahrida yoshlar o‘rtasida afsonaviy charm qo‘lqop ustasi Aleksey Yukov sovrini uchun boks bo‘yicha ochiq turnirda vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Tecno

Mazkur musobaqaning yarim final bosqichida ishtirok etadigan barcha bokschilar nomi aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra, 56 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Mirzabek Mirxahalilov ukrainalik Ilya Shuchkin bilan kuch sinashadi.

60 kg vazn toifasida esa hamyurtimiz Xusanjon Karimovga qozog‘istonlik Jonserik Dyusenbekov qarshilik ko‘rsatsa, 75 kgda bellashayotgan bokschimiz Komiljon Yusupov moldovalik Fyodor Chakustani sinovdan o‘tkazadi.

+91 kg vazn toifasida ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak finaldan boshlagan vakilimiz Samandar Zafarov belaruslik Danil Morozov bilan raqobatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!