
Tomas Myuller Evro-2020da ishtirok etmasligi mumkin
"Bavariya" klubi hujumchisi Tomas Myuller Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Levning bayonoti haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, milliy terma jamoasi bosh murabbiyi agar yosh hujumchilarning jismoniy holati qoniqarli darajada bo‘lsa, Myuller Evropa chempionatiga chaqiruv olmasligini ma’lum qilgan edi.
"Bu yilgi Evropa chempionati men uchun muhim emas. Hozir bor diqqat-e’tiborimni faqat "Bavariya"dagi o‘yinlarimga qaratyapman. Bu mavsumda klub doirasida qo‘lga kiritishimiz mumkin bo‘lgan barcha unvonlarga ega chiqmoqchiman", - deydi Myuller.
Fikrlar