Tom Aspinall Jon Jonsni enga oladimi? UFC yulduzi javob berdi

  • 29 yanvar, 18:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik UFC jangchisi Sergey Pavlovich amerikalik Jon Jons (28-1-1 N/C) va britaniyalik Tom Aspinall (15-3) o‘rtasidagi chempionlik kamari uchun bo‘lajak jang haqida gapirdi.

Tecno

"Jon Jons yutishini xohlayman, u haqiqatan ham ushbu sportning afsonasi. Biroq baribir, agar xolisona baho beradigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, Aspinall bu jangda g‘alaba qozonadi” — dedi Pavlovich matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 304" turniridagi so‘nggi jangida Aspinall amerikalik Kyortis Bleydesni 1-raunddayoq nokautga uchratgan. Jons esa "UFC 309" da Stipe Miochichni 3-raundda texnik nokaut qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!