To‘labek Akramov inkor etgan lekin “Lokomotiv” murabbiyiga aylangan Samvel Babayan haqida

  • 22 iyun, 2019, 18:24
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samvel Babayan 1971 yil 19 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U SSSR chempionatida futbolchilik faoliyatini erta yakunlagan. 1993 yili Toshkent viloyatining "Politotdel" klubi ish boshqaruvchisi etib tayinlandi. 1996 yili "Navbahor" klubi murabbiylar safida, Viktor Jalilov boshchiligi bilan O‘zbekiston chempionligiga erishdi. 2001 yili O‘zbekiston terma jamoasida menejer lavozimida ishlagan. Keyingi yili "Paxtakor" klubi vitse-prezidenti etib saylandi. “Paxtakor”dagi boshqaruvi paytida jamoa 8 marta chempionlikni, 8 marta kubokni qo‘lga kiritdi. 2014 yilda "Paxtakor" bosh murabbiyi bo‘ldi va shu yili chempionlikga erishish bilan birga, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Tecno

2015 yilning iyun oyida Mirjalol Qosimov terma jamoada iste’foga chiqarilganidan so‘ng, Babayan O‘zbekiston milliy termasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning boshqaruvida 2016 yilning yanvar oyida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chemmpionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi va 2016 yilning yozida Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiyada yo‘llanmasidan quruq qoldi. Shundan so‘ng, Olimpiya termasidan ishdan olinib, bor e’tibori milliy termaga qaratildi. Babayan boshchiligida O‘zbekiston 2018 yilgi Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmadi. Saralashning uchinchi bosqichi "A" guruhida, oltita jamoa orasida Janubiy Koreya, Eron va Suriya termalaridan ortda qolib to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 2017 yiilning 7 sentyabr kuni vazifalar bajarilmagani va muxlislarning qattiq noroziligi tufayli ishdan bo‘shatildi.

2018 yil 15 yanvar sanasida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Samvelni futbolga tegishli har qanday sohada ishlashni butun umrga ta’qiqlab qo‘ydi.

2018 yilning mart oyi oxirlarida Latviyaning "Spartak" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Futbolning barcha sohalaridan chetlashtirilgani uchun O‘zbekistonda muxlislar Babayan ish boshlaganidan hayratga tushishdi. Latviya chempionatida ishlash uchun zarur bo‘lgan Evropa murabbiylar litsenziyasi Babayanda yo‘qligi uchun ishini davom ettira olmadi. UEFA tomonidan olib borilgan tekshiruv Osiyoning murabbiylarni litsenziyalash tizimi Evropanikidan farq qilishi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli, 23 aprel kuni Yurmalaning "Spartak" jamoasi murabbiyligidan ozod etilib, klubning texnik direktori etib tayinlandi.

2019 yilning yanvar oyida Samvel Babayan "Lokomotiv" klubida maslahatchi bo‘lib ish boshlagani ma’lum qilindi. Bu xabar ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Sababi u futboldan chetlashtirilgan edi. Keyinchalik Samvel qisqa intervyu berib, uning diskvalifikatsiyasi 2018 yilning 1 fevral kuni bekor qilinganligini aytib o‘tdi.

Keyin esa u klub bosh murabbiyi lavozimini egallashi borasida tarqalgan avvalgi ma’lumotlarni jamoa bosh direktori o‘rinborari To‘labek Akramov inkor etib, Babayan o‘ziga biriktirilgan masalalarni hal qilishini aytgandi. Lekin...

Andrey Fyodorov bosh murabbiyligida "Lokomotiv" omadsiz mavsumni o‘tqazib borayotgandi. Osiyo Chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmadi. O‘zbekiston Superligasida muvaffaqiyat qozona olmay, asosiy raqibi "Paxtakor" klubiga mavsum boshidanoq mag‘lub bo‘ldi va hozirda 12 turdan so‘ng "sherlar"dan 8 ochkoga ortda borishmoqda. Bugun, 22 iyun sanasi aynan Fyodorov o‘rnini Samvel Babayan egalladi.

 

Mahkamov BOTIR

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!