
Tokioda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Olimpiadalar necha marta qoldirilganini bilasizmi?
Ma’lumki, kuni kecha "Tokio 2020" yozgi Olimpiada o‘yinlari koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yilga qoldirilgan edi.
Olimpiada tarixiga nazar tashlasangiz, ushbu voqea Yaponiya jumladan, Tokio bilan bog‘liq birinchisi emas. Bundan avval ham ikki bora, samuraylar poytaxtida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Olimpiada o‘yinlari bilan bog‘liq shunday holat yuzaga kelgandi.
Jumladan, 1940 yil to‘rt yillikning eng nufuzli turniri Yaponiyaning Xitoyga bostirib kirishi natijasida Tokiodan Finlandiyaning Xelsinki shahriga ko‘chirilib, keyinchalik butunlay bekor qilingan bo‘lsa, 1964 yil esa, turnir yoz oyidan oktyabrga ko‘chirilgan edi. Garchi, 1964 yilgi ushbu turnir yozgi Olimpiada deb atalsa-da, aslida kuzda bo‘lib o‘tgan.
Fikrlar