
Tokio Olimpiadasida sportchilar soni kamaytirilmaydi
“Sportchilar soni qisqartirilmaydi. Ularning soni avvaldagidek bo‘ladi. Ammo Olimpiya qishlog‘i – Tokioda eng xavfsiz joy ekanligiga ishonchimiz komil bo‘lishi kerak”, – deb bayonot berdi Xalqaro olimpiya qo‘mitasining vitse-prezidenti Jon Kouts.
"Tokio-2020" Olimpiadasida taxminan 11 ming, Paralimpiya o‘yinlarida esa 4,4 ming nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kerak.
Shu haftada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax boshchiligidagi delegatsiya Tokioda bo‘ldi. XOQ rahbarining fikricha, o‘sha paytga kelib koronavirusga qarshi vaktsinani ishlatish imkoniyati bo‘lsa, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sportchilarni Olimpiadadan oldin vaktsinatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z zimmasiga olish niyatida ekanligini bildirdi. U, shuningdek sportchilarning vaktsina bilan emlanishi Olimpiadada ishtirok etishlarining majburiy sharti bo‘lmasligini ham ta’kidladi.
Fikrlar